Taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlari deganda, ushbu shaxslar va ularning vakillari tomonidan ish uchun ahamiyatga ega holatlar haqidagi maʼlumotlarni sudga bildirishlari tushunilishi lozim. Taraflar, uchinchi shaxslar va ular vakillarining tushuntirishlari ogʻzaki tarzda ham, yozma koʻrinishda ham berilishi, shuningdek FPK 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yoʻli bilan olinishi mumkin.