Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Ashyoviy dalillar deganda, ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan…

Ashyoviy dalillar deganda, ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan predmetlar tushuniladi. Ashyoviy dalillar sud tomonidan koʻzdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga taqdim etiladi.