Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Qasddan takroran yoki ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlangandan soʻng qasddan yangi…

Qasddan takroran yoki ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlangandan soʻng qasddan yangi jinoyat sodir etilishi, agar birinchi jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgan, sudlanganlik belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan yoxud shaxs muqaddam sodir etgan jinoiy xatti-harakat uchun qonunda javobgarlik bekor qilingan boʻlsa, shuningdek JK 65 , 66 , 66¹ , 68 , 69 , 70 , 71 , 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilgan boʻlsa, jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida eʼtirof etilishi mumkin emas.