Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 23-band. Jinoyat-protsessual kodeksining 541 , 542-moddalariga muvofiq axloq tuzatish ishining…

Jinoyat-protsessual kodeksining 541 , 542-moddalariga muvofiq axloq tuzatish ishining oʻtalmagan qismini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar sud majlisida, odatda, mahkum ishtirokida koʻrilishi lozim. Bu masala mahkum yashirinib yurganligi yoki sudga kelishdan boʻyin tovlayotganligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar ishda mavjud boʻlgan holdagina uning ishtirokisiz hal etilishi mumkin. Axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan qismini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar mahkumning ishtirokisiz koʻrilib va axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan qismi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda mahkumni hibsga olish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak. Agar axloq tuzatish ishining oʻtalmagan qismini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi materialni koʻrish vaqtida JPK 533-moddasida koʻrsatilgan holatlar aniqlansa, sud hukmning ijrosini kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni qoʻllash boʻyicha 25¹. Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki oʻqish vaqtidan, shuningdek ish yoki oʻqish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur boʻlgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashdan iborat. Tushuntirilsinki, sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki oʻqish vaqtidan, shuningdek ish yoki oʻqish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur boʻlgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq koʻrsatilishi lozim. Sudlar jinoyat ishida sudlanuvchining haqiqatda oʻqishi va muqim ish joyiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud yoki mavjud emasligiga ahami