Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 28-band. JK 50-moddasining oltinchi qismiga muvofiq ayollarga, shuningdek 60 yoshdan oshgan…

JK 50-moddasining oltinchi qismiga muvofiq ayollarga, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddati, shu jumladan, jinoyatlar majmui va hukmlar majmui boʻyicha jazo tayinlanayotgan hollarda ham, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi (moddasi qismi) sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi eng koʻp muddatining uchdan ikki qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Ayollarga, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi (moddasi qismi) nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ham kamroq jazo JK 50-moddasining 6-qismi tartibida boshqa yengilroq jazo JK 57-moddasi qoʻllanilgan holda tayinlanadi.