Shartli hukm qoʻllanilganda, bir yildan uch yilgacha boʻlgan sinov muddati belgilanadi va bu muddat hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qonun sinov muddati davomiyliligini tayinlangan jazo miqdori bilan bogʻlamaydi. Bu masala sud tomonidan har safar sodir etilgan jinoyatning xususiyati va sudlanuvchining shaxsidan kelib chiqib hal etiladi. Agar shartli hukm apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻllanilgan boʻlsa, bunday holda ham sinov muddati hukm eʼlon qilingan kundan boshlab hisoblanadi (JK 72-moddasi ikkinchi qismi ). Shartli hukm qilishda belgilangan sinov muddatini qisqartirish masalasi JPK 541-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mahkumning yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi.