Sudlar ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, shuningdek uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatilishi mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlash uchun qonunda mavjud barcha imkoniyatlardan toʻliq foydalanishlari kerak. Qonun normasi sanksiyasida alternativ jazolar mavjud boʻlganda hukmda ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazoni qoʻllash zarurligi toʻgʻrisidagi masala muhokama etilishi shart.