Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida 56-band. Hukmlar majmui boʻyicha jazo tayinlash haqidagi masala hal qilinayotganda oldingi hukm…

Hukmlar majmui boʻyicha jazo tayinlash haqidagi masala hal qilinayotganda oldingi hukm boʻyicha tayinlangan asosiy va qoʻshimcha jazoning qancha qismi shaxs tomonidan real oʻtalmaganligi aniqlanishi lozim. Jazo quyidagi hollarda oʻtalmagan hisoblanadi: jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilganda — jazoning mahkum oʻtamay qolgan qismi; oldingi hukm boʻyicha tayinlangan shartli hukmning butun muddati; JPK 533-moddasi tartibida ijrosi kechiktirilgan jazo muddati. Ilgarigi hukm boʻyicha tayinlanib, oʻtalmay qolgan qoʻshimcha jazo hukmlar majmui boʻyicha tayinlangan asosiy jazoga faqat qoʻshimcha jazo sifatida qoʻshilishi mumkin. 56¹. Agar jinoyatlar majmui yoki bir nechta hukm bilan jazo tayinlashda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning biri yoki hukmlarning biri bilan asosiy jazo sifatida, boshqa jinoyat yoki hukm bilan qoʻshimcha jazo sifatida tayinlangan boʻlsa, ular asosiy jazo uchun belgilangan muddat doirasida toʻliq yoki qisman qoʻshilishi lozim. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo asosiy jazo deb hisoblanadi va ayblovning har bir moddasi yoki hukmlarning har biri bilan mahrum qilingan huquqlarning barcha turlari nazarda tutilishi lozim.