Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 1-band. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (bundan buyon matnda MK deb yuritiladi)…

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (bundan buyon matnda MK deb yuritiladi) xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini taʼminlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.