Sudlar taraflarning kelishuviga koʻra (MKning 157-moddasi) mehnat shartnomalarining barcha turlarini va ularni har qanday vaqtda bekor qilinishi mumkinligini eʼtiborga olishlari kerak. Taraflarning kelishuvi mehnat shartnomasiga doir qoʻshimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qoʻshimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari koʻrsatilishi shart. Mehnat shartnomasini ushbu asosga koʻra bekor qilish yuzasidan nizo chiqqan taqdirda, sudlar mazkur tartibga va qoʻshimcha kelishuv shartlariga rioya qilingan-qilinmaganligini tekshirishlari lozim.