Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, muddatli mehnat shartnomalari MKning 112-moddasida belgilangan holatlar mavjudligi sababli nomuayyan muddatga moʻljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin boʻlmagan hollardagina tuziladi. MKning 113-moddasida, xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin boʻlgan hollar ham koʻrsatilganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.