Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 31-band. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida…

Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida ish beruvchi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin. Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish beruvchining qarori buyruq bilan rasmiylashtirilib, unda xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzilishi koʻrsatiladi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi MKning 303 — 311-moddalarida belgilangan. Sudlarga tushuntirilsinki, xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan xodim yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga haqli (MKning 306-moddasi).