Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 62-band. Mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda xodim avvalgi ishiga…

Mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda xodim avvalgi ishiga tiklanishi shart. Sudlar ushbu toifadagi nizolarni koʻrishda mehnat shartnomasi bekor qilinishining yoki boshqa ishga oʻtkazishning asosliligini isbotlab berish majburiyati MKning 174-moddasiga koʻra ish beruvchiga yuklatilishini nazarda tutishlari lozim. Xodimni ishga tiklashda unga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati ish beruvchiga yuklanadi. Sudlarning eʼtibori MK 174-moddasining beshinchi qismiga koʻra, xodimga yetkazilgan moddiy zararni qoplash: majburiy progul vaqti uchun soʻzsiz haq toʻlash. Bunda xodimning pulga oid talablari toʻliq miqdorda qanoatlantiriladi (MKning 546-moddasi); mehnat shartnomasini bekor qilinganligi ustidan shikoyat qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, ish yuritishga doir xarajatlar va boshqalar) toʻlashdan iborat ekanligiga qaratilsin. Maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish miqdori ish beruvchining harakatlarini baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan belgilanadi, lekin xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas. Sud, xodimga yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplash masalasini hal etishda qaysi holatlarda va ish beruvchining qaysi harakatlari (harakatsizligi) oqibatida unga zarar yetkazilganligi, ish beruvchi aybining darajasi, mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazishda qonun ochiq-oydin buzilgan-buzilmaganligini aniqlashi, xodim qanday maʼnaviy va jismoniy azoblar chekkanini belgilashi, bu zararlarni u qancha summada qoplashini baholamogʻi va muayyan nizoni hal qilish uchun muhim boʻlgan boshqa holatlarni eʼtiborga olishi lozim. Sud ish beruvchiga har qanday mehnat huquqining buzilishi oqibatida (qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish, asossiz intizomiy chora qoʻllash, tegishli tibbiy tavsiyalar asosida boshqa ishga oʻtkazishni rad qilish, mehnat shartnomasi bekor qilingach, ish beruvchi xodimning mehnat daftarchasini bermasligi