Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yoʻqligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim (OK 41-moddasi ). Turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga koʻra er-xotin oʻrtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek er-xotindan birining yoki har ikkalasining jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi nikohdan ajratish uchun yetarli asos boʻla olmaydi. Nikohdan ajratishga asoslar boʻlmaganda, sud daʼvoni rad etadi.