Sudlarga tushuntirilsinki, OK 50-moddasining birinchi qismiga muvofiq nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini qabul qilishda, sudya nikohning haqiqiyligi qanday asos boʻyicha nizolashilayotganligini va daʼvogar OK 51 — 54-moddalariga koʻra aynan daʼvo arizasida koʻrsatilgan asos boʻyicha nikohni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi masalani qoʻzgʻatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasiga kirish-kirmasligini aniqlashi lozim. Agar arizachi bunday shaxslar doirasiga kirmasa, sudya uning daʼvo arizasini qabul qilishni FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etadi.