Sud hujjatlari, surishtiruv organlari, dastlabki tergov organlari qarorlari, xizmat tekshiruvi xulosalari va boshqa protsessual yoki rasmiy hujjatlardagi maʼlumotlarni rad etish toʻgʻrisidagi talablar, agar ularni nizolashish uchun qonunda maxsus tartib belgilangan boʻlsa, FK 100-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqilmaydi. (masalan, xizmat tekshiruvi xulosasida keltirilgan maʼlumotlar faqat Mehnat kodeksida nazarda tutilgan tartibda nizolashish mumkin).