Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisida daʼvo ariza topshirilganda, FPKning 189-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari, arizada: daʼvogarning fikricha buzilgan aniq shaxsiy nomulkiy huquq; himoyalanadigan sohaga aralashuvga olib kelgan javobgarning harakatlari (yoki harakatsizligi) nimadan iboratligi; nizolashilayotgan maʼlumotlar mazmuni, ularning ifodalanish shakli (matn, tasvir, audio- yoki videoyozuv va boshqalar); nizoli axborotni tarqatish usuli, kanali va muhiti, jumladan aniq internet-resurslar, bosma nashrlar, efir uzatishlari va boshqa vositalar; huquq buzilishining yuzaga kelgan oqibatlari (maʼnaviy azob-uqubatlar, obroʻ-eʼtiborning yoʻqolishi, shaxsiy yoki oilaviy hayotga aralashuv, boshqa salbiy taʼsirlar); maʼlumotlarni rad etish, oʻchirish yoki bloklash, keyinchalik tarqatishni taqiqlash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash va boshqa himoya choralarini oʻz ichiga olgan talablar koʻrsatilishi mumkin.