Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 36-band. Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida haqiqatga…

Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan deb topilgan maʼlumotlarga raddiya berish usulini koʻrsatishi shart. Raddiya aynan shu notoʻgʻri maʼlumotni eʼlon qilgan ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinishi lozim. Sud hal qiluv qarorida beriladigan raddiya matnini bayon qiladi va u eʼlon qilinadigan muddatni koʻrsatadi. Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tashkilot tomonidan berilgan hujjatda ifodalangan boʻlsa, sud hal qiluv qarorida bunday hujjatni almashtirish majburiyatini oʻsha tashkilotga yuklashi lozim. Sud har bir ishning aniq holatlaridan kelib chiqib, javobgarga koʻpchilik oldida kechirim soʻrash, tarqatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri ekanligini yigʻilishda eʼlon qilish, daʼvogarni badnom qiluvchi maʼlumot xabar qilingan tashkilotga raddiya berish majburiyatini yuklatishi mumkin.