Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida 4-band. Tushuntirilsinki, shaxsiy nomulkiy va boshqa nomoddiy neʼmatlarga oid huquqlarning…

Tushuntirilsinki, shaxsiy nomulkiy va boshqa nomoddiy neʼmatlarga oid huquqlarning buzilishi (shaxsiy hayot toʻgʻrisidagi va shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish yoki noqonuniy tarzda toʻplash, shaxsning roziligisiz uning tasvirini tarqatish yoki tarqatish bilan qoʻrqitish, ismdan gʻayriqonuniy foydalanish, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash, saqlash, tarqatish yoki uzatish va h.k.) bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda: muayyan huquqning buzilganligi fakti; qonun bilan himoya qilinadigan shaxsiy nomulkiy huquqlarga aralashuv fakti; ushbu harakatlarga shaxsning roziligi mavjud emasligi (agar amaldagi qonunchilikda bunday rozilik talab etilsa); huquqni buzgan shaxsning xatti-harakatlari va kelib chiqqan salbiy oqibatlar oʻrtasida sababiy bogʻlanish borligi; ushbu oqibatlarning xususiyati va ogʻirlik darajasi (maʼnaviy va ruhiy azob-uqubatlar, ijtimoiy yoki kasbiy obroʻning yoʻqotilishi, shaxsiy va oilaviy hayotga aralashish va hokazo); aybdor shaxs tomonidan axborotdan foydalanish maqsadi (tijorat, siyosiy yoki shaxsiy manfaat va hokazo); sud himoyasi choralari qoʻllanilishi uchun asoslar mavjudligi aniqlanishi lozim. Mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda maʼnaviy zararni qoplash toʻgʻrisida talab qoʻyilgan taqdirda, buzilgan huquqning xususiyati, shaxsning aybi shakli va darajasi, shuningdek boshqa muhim holatlarni hisobga olgan holda yetkazilgan maʼnaviy azob-uqubatlarning xususiyati ham aniqlanishi lozim.