Sudlarning eʼtibori, shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizada bir vaqtning oʻzida biri ikkinchisidan kelib chiqqan faqat nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan talablar (masalan, buzilgan huquqni tan olish, raddiya eʼlon qilish, axborotni oʻchirish, uzr soʻrash va h.k.) mavjud boʻlsa, davlat boji faqat asosiy talab boʻyicha nomulkiy xususiyatdagi arizalar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqib, undirilishiga qaratilsin. Agar nomulkiy huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bilan bir vaqtda moddiy zarar yoxud maʼnaviy ziyon uchun tovon undirish toʻgʻrisidagi talab qoʻyilgan boʻlsa, davlat boji umumiy asoslarda — mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan mustaqil talablar uchun alohida belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun bilan belgilangan davlat boji toʻlovidan ozod qilish holatlari bundan mustasno.