Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 10-band. Oila kodeksining 101-moddasi talabiga muvofiq, ota-onadan voyaga yetgan mehnatga…

Oila kodeksining 101-moddasi talabiga muvofiq, ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan aliment miqdori har oyda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanadi. Bunda aliment miqdorini aniqlashda, sud aliment toʻlashi shart boʻlgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvolidan kelib chiqishi, yaʼni sud tomonidan belgilangan miqdor asoslantirilgan boʻlishi lozim.