Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. Sudlar aliment miqdorini aniqlashda, Oila kodeksining 102-moddasida belgilangan tartibga…

Sudlar aliment miqdorini aniqlashda, Oila kodeksining 102-moddasida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etishlari, sud hal qiluv qarorida aliment miqdori har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadning muayyan qismida yoki pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanganligi sababini koʻrsatishi lozim.