Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Bolaning taʼminoti uchun qoʻshimcha xarajatlarni undirish masalasini hal etishda, sudlar…

Bolaning taʼminoti uchun qoʻshimcha xarajatlarni undirish masalasini hal etishda, sudlar Oila kodeksining 103-moddasida qayd etilgan qoʻshimcha xarajat qanday favqulodda holatlar (bolalarning ogʻir shikastlanishi, kasal boʻlishi va boshqalar)da kelib chiqqanligini hamda bu bola taʼminoti uchun zarurligini koʻrsatishi va ularning oilaviy va (yoki) moddiy ahvolini hisobga olib, qisman pul bilan toʻlanadigan qoʻshimcha xarajatlarning qatʼiy miqdorini aniqlashi lozim.