Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment toʻlashdan ozod qilish haqidagi daʼvolar FPK 33-moddasiga koʻra, javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi. Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun undirilayotgan aliment miqdori sudning hal qiluv qaroriga koʻra, oʻzgargan taqdirda alimentning yangi miqdorda undirilishi sudning bu haqdagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran amalga oshiriladi.