Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 23-band. Sudlarning eʼtibori, aliment undirish haqidagi ish boʻyicha daʼvogarning daʼvodan voz…

Sudlarning eʼtibori, aliment undirish haqidagi ish boʻyicha daʼvogarning daʼvodan voz kechishi yoki taraflar kelishuv bitimi tuzishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishiga, agar bu bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zid boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Holat oʻzgarganda, daʼvogarning aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga qayta murojaat qilishi istisno etilmaydi. Sud hujjatlariga binoan aliment undirilishi yuklatilgan shaxs tomonidan jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida aliment toʻlamaslik holati aniqlansa, sud maʼmuriy javobgarlikka tortish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi shart.