Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 12-band. Agar shaxs (tashkilot rahbari yoki tashkilotga doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat…

Agar shaxs (tashkilot rahbari yoki tashkilotga doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha rahbarlik qilish majburiyati yuklatilgan shaxsdan tashqari) oʻz faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoki litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanayotgan tashkilot bilan mehnat munosabatlarida boʻlsa, bunday shaxs tomonidan mehnat shartnomasidan kelib chiqayotgan majburiyatlarning bajarilishi MJtK 165 , 176 , 176³-moddalari va JK 188 , 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik tarkibini tashkil etmaydi.