Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 6-band. Sudlar qonuniy asoslarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qonunga xilof…

Sudlar qonuniy asoslarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qonunga xilof ravishda, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tadbirkorlik faoliyati asoslari va tartibiga rioya etmagan holda daromad (foyda) olishga qaratilgan hamda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladigan tadbirkorlik faoliyati yuritishdan farqlay olishlari lozim.