Sudlarga tadbirkorlik faoliyati subyektlari, yaʼni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar taalluqlidir. Sudlarning eʼtibori tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi ishlarni koʻrish jarayonida qonun hujjatlari talablariga toʻliq va ogʻishmay amal qilish zarurligiga qaratilsin.