Terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 15-band. Qonunga muvofiq ekstremizmni moliyalashtirish deganda, quyidagilarga qaratilgan faoliyat…

Qonunga muvofiq ekstremizmni moliyalashtirish deganda, quyidagilarga qaratilgan faoliyat tushuniladi: ekstremistik faoliyatning mavjud boʻlishini va faoliyat koʻrsatishini, shaxslarning ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishini yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishini taʼminlashga; ekstremistik tashkilotlarga yoki ekstremistik faoliyatga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻlarni, resurslarni berishga yoxud yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga.