Haydovchida yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun texnik imkoniyat bor-yoʻqligi masalasini hal etishda, harakatlanish uchun xavf paydo boʻlgan payt, har bir muayyan holda, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgunga qadar yoʻlda mavjud boʻlgan vaziyatni inobatga olgan holda aniqlanishidan kelib chiqish lozim. Harakatlanish uchun xavf paydo boʻlgan vaqt, haydovchi uni payqay olishi uchun obyektiv imkoniyatga ega boʻlgan paytdan boshlab hisoblanadi.