Jinoyat kodeksi 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlarni koʻrishda sudlar, yoʻl harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarining aynan qaysi bandlari buzilganligi mazkur moddada koʻrsatilgan oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlganligini va bu qoidabuzarlik aynan nimada ifodalanganligini (masalan, texnik nosoz transport vositasini boshqarganlik, transportni mast holda boshqarganlik, harakatlanish tezligini oshirib yuborganlik va shu kabilarni) hukmda koʻrsatishlari lozim.