Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 2-band. Oʻzbekiston Respublikasida transport harakatining huquqiy va tashkiliy asoslari, harakat…

Oʻzbekiston Respublikasida transport harakatining huquqiy va tashkiliy asoslari, harakat tartibi va xavfsizligi quyidagilar bilan belgilanadi: Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi ; “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi 1998-yil 29-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ; “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi 1999-yil 15-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ; “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi 2024-yil 19-yanvar kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “ Yoʻl harakati qoidalari ”; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalari ”; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-sonli qarori bilan tasdiqlangan “ Oʻzbekiston Respublikasining temir yoʻl ustavi ” va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.