Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 22-band. Sudlar shuni nazarda tutishlari zarurki, transport vositalarini boshqarishga ruxsat…

Sudlar shuni nazarda tutishlari zarurki, transport vositalarini boshqarishga ruxsat etilgan mast holatdagi yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud odamning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostidagi shaxs tomonidan harakatlanish yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilganda, uning harakatlari kelib chiqqan oqibatlarga qarab, JK 260 yoki 266-moddasining tegishli qismlari boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi mumkin. Jinoyat kodeksi 260-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti temir yoʻl, dengiz, daryo yoki havo transporti harakati xavfsizligini tashkil etish bilan bogʻliq xodimlar (masalan, harakat xizmati, havo aloqasini boshqarish markazi, dispetcherlik xizmati xodimlari, katta shturman, parvozlar rahbari), shuningdek, transport vositasini bevosita boshqaruvchi xodimlar (kema komandiri (kapitani) va shturmani, mashinist va uning yordamchisi va boshqalar) boʻlishi mumkin.