Sudlar yoʻl-transport hodisasida aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo turi va muddatini belgilashda insonparvarlik, odillik tamoyillaridan kelib chiqib, har bir ish boʻyicha alohida yondashuv toʻgʻrisidagi qonun talabiga qatʼiy rioya qilishlari, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga, hodisa sodir boʻlgandan keyin shaxsning xatti-harakatiga (uning jabrlanuvchiga tibbiy yordam koʻrsatish uchun qilgan harakatlari, jabrlanuvchi va uning oilasiga moddiy va boshqa tarzda yordam berganligi, jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplaganligi va h.k.) va jazoni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi boshqa holatlarga alohida eʼtibor berishlari shart.