Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 27-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, transport vositalari harakati va ulardan…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrishda mazkur jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masalalarni hal etishda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli , shuningdek, “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarorlarida bayon etilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.