Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 3-band. Sudlar transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid…

Sudlar transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrayotganda “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida berilgan, jumladan, quyidagi atamalarga amal qilishlari lozim boʻlib, unga koʻra: yoʻl obyektlari — yoʻlning konstruktiv elementlari boʻlgan yoʻl sunʼiy inshootlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, osma koʻpriklar, quvurlar, tunnellar va boshqa muhandislik inshootlari), himoya qilish inshootlari (yoʻllarni qor koʻchkilaridan, yer choʻkishidan, yer koʻchkilaridan himoya qilish qurilmalari va boshqa qurilmalar), shuningdek yoʻllarni jihozlash elementlari (toʻxtash maydonchalari, yoʻlovchilar uchun pavilyonlar, dam olish maydonchalari, transport vositalarining toʻxtab turish joylari va boshqalar); yoʻl harakati — yoʻl harakatini tashkil etishda yoʻllar doirasida transport vositalari va yoʻl harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui; transport vositasi — yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yoʻllarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun moʻljallangan qurilma; haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish oʻrgatilayotganda oʻrgatuvchi shaxs haydovchi deb hisoblanadi.