Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida 14-band. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 43-moddasi talabiga muvofiq korxona…

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 43-moddasi talabiga muvofiq korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida boʻshayotgan turar-joylar, shuningdek, bu idoralarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablagʻlariga qurilgan uylarda boʻshayotgan turar-joylar birinchi navbatda ushbu korxona, muassasa, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlarga koʻchib kirish uchun berilishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin. Ushbu qonun talablariga rioya qilinmagan holda berilgan order hokimiyat, korxona, tashkilot va muassasalarning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topiladi.