Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida 24-band. Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan ijarachi…

Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan ijarachi yashayotgan uyi (kvartirasi) buzilishi oqibatida uydan koʻchirilayotganda, sud, yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish haqidagi tegishli hokimlikning qarori mavjudligini tekshirishi lozim. Bunday qarorning mavjud emasligi daʼvoni rad etish uchun asos boʻladi. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, davlat uy-joy fondiga tegishli turar joy jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilgan taqdirda, shu uy-joylardan koʻchirilayotgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa obod turar joy beriladi.