Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Agar qalbakiligi aybdorga ayon boʻlgan valyuta qimmatliklari koʻrinishidagi, pul…

Agar qalbakiligi aybdorga ayon boʻlgan valyuta qimmatliklari koʻrinishidagi, pul muomalasida qoʻllanishini istisno qiladigan darajada haqiqiysiga roʻy-rost oʻxshamaydigan kupyuralar oʻtkazilgan boʻlsa, shuningdek, aybdorda jabrlanuvchini qoʻpol ravishda aldash niyati boʻlganligidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasining tegishli qismi boʻyicha tavsiflanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi. Qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim. Qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olgan va keyinchalik ularni oʻtkazgan shaxsning qilmishi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida tavsiflanishi lozim.