Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni koʻrishda, ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama toʻla va xolisona tekshirib chiqib, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini va sudlanuvchining shaxsini eʼtiborga olgan holda aniqlangan haqiqiy holatlar va dalillar majmuasiga toʻgʻri baho berilib, odillik va insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda qonunda koʻrsatilgan xususiyat va imtiyozlaridan toʻla foydalanishga qaratilishi lozim.