Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik sodir etilishi va ularni nazoratsiz qoldirish hollarining oldini oluvchi hamda ular oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari, shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini amalga oshiruvchi organ hisoblanishiga eʼtibor qaratilsin. Shu bois sudlar voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni koʻrishda ushbu komissiyalarning oʻz vazifalarini lozim darajada bajargan-bajarmaganliklarini aniqlab, ularning faoliyatini xolisona baholab, aniqlangan kamchiliklarga nisbatan albatta tegishli munosabat bildirishlari shart.