Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan sobiq SSSR Oliy sudi Plenumining 1976-yil 3-dekabrdagi “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari hamda ularning jinoiy va boshqa gʻayriijtimoiy faoliyatga jalb qilinishi haqidagi ishlar boʻyicha qonunlarning qoʻllanilishiga doir sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 16-son qarori, Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1984-yil 11-maydagi “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari hamda ularning jinoiy va boshqa gʻayriijtimoiy faoliyatga jalb qilinishiga oid qonun talablarining, SSSR Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumi qarorlarining Respublika sudlari tomonidan ijrosi toʻgʻrisida”gi 1-son qarori va Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1987-yil 28-avgustdagi “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni koʻrib chiqish vaqtida Respublika sudlari tomonidan qonun hujjatlarining, SSSR Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumi rahbariy tushuntirishlarining bajarilishi toʻgʻrisida”gi 3-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.