Voyaga yetmaganlarning katta yoshdagilar ishtirokida sodir etgan jinoyatlari haqidagi ish koʻrib chiqilayotganda, katta yoshdagi shaxs va oʻsmir oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning xususiyatini sinchiklab aniqlash lozim, chunki ana shu maʼlumotlar katta kishining voyaga yetmaganni jinoyat yoki gʻayriijtimoiy harakat sodir etishga jalb qilishdagi rolini aniqlashda muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Sudlarga 18 yoshga toʻlgan va jinoyatni qasddan sodir etgan shaxslargina voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligi tushuntirilsin. Shuningdek, katta yoshdagi kishi oʻz harakatlari bilan voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilayotganini bilgani holda yoki shunday fikrga yoʻl qoʻyganini ham aniqlash lozim. Agarda katta yoshdagi kishi shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilsayu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki bilishi mumkin boʻlmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas.