Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash masalasini hal etayotganda, birinchi navbatda, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, ana shu shaxslarga oid maʼlumotlarni hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni nazarda tutib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni qoʻllash imkoniyatini muhokama qilishi lozim. Sud aybdorni jamiyatdan ajratmasdan turib qayta tarbiyalashning imkoniyati boʻlmagan hollardagina ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni tayinlashi mumkin. Ayni vaqtda hukmda sudning bu toʻgʻrisidagi xulosasi asoslantirilishi shart.