Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 20-band. Xususiylashtirilgan turar joylar boʻyicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish…

Xususiylashtirilgan turar joylar boʻyicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi, shuningdek, bunday turar joylarga bogʻliq boshqa nizolarni koʻrishda sudlar, nizoli turar joyning huquqiy holatini belgilovchi hujjatlarni: a) Prezident Farmoni boʻyicha fuqarolarning egaligiga bepul berish haqidagi hokimning qarori; b) olish-sotish, hadya, ayirboshlash shartnomalari; v) fuqarolarning egalik huquqi haqidagi davlat orderi; g) vorislik huquqi haqidagi guvohnoma; d) sudning hal qiluv qarori; e) egalikka berish haqidagi idoralar, tashkilotlarning buyruqlari; j) kvartira, uy (uyning bir qismi) rejasi, shuningdek daʼvogarning talablari va javobgarning eʼtirozlarini tasdiqlovchi boshqa dalillarni talab qilib olishlari lozim.