Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida 4-band. Jamoat uy-joy fondiga qarashli turar joylarda ijara yoki arenda shartnomasi asosida…

Jamoat uy-joy fondiga qarashli turar joylarda ijara yoki arenda shartnomasi asosida yashovchi fuqarolar “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunda koʻrsatilgan xususiylashtirish huquqiga ega emaslar. Shu bilan birga jamoat uy-joy fondi egasi yoki u tomonidan tegishli vakolat berilgan organ fuqarolarga egallab turgan turar joylarini sotish, jumladan imtiyozli asosda sotish yoki bu turar joylarni fuqarolarga bepul berish masalalari boʻyicha mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari ham mumkin. Koʻrsatilgan holatda nizo kelib chiqqan taqdirda ularni mulk egasi tomonidan belgilangan turar joyni unda yashovchi fuqarolarga berish sharti va tartiblaridan kelib chiqib, hal etish lozimdir.