Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 15-band. Ajralib chiqayotgan mulkdorga beriladigan pul kompensatsiyasi uyning boʻlinayotgan…

Ajralib chiqayotgan mulkdorga beriladigan pul kompensatsiyasi uyning boʻlinayotgan paytdagi haqiqiy bahosidan kelib chiqib belgilanadi. Agar taraflar uyning bahosi toʻgʻrisida kelishuvga erisha olmasalar, u holda uyning haqiqiy bahosi qurilish-texnika ekspertizasi oʻtkazish yoʻli bilan belgilanadi va bunda qurilish materiallariga boʻlgan chakana (mahalliy) baho, tashish tariflari, oʻsha joydagi ishchi kuchiga toʻlanadigan haq, uyning eskirganlik darajasi, shuningdek boshqa muayyan holatlar (uyni joylashgan oʻrni, obodonlashtirilganlik darajasi va boshqalar) hisobga olinadi.