FPK 275-moddasiga amal qilgan holda sudlar ishlarni koʻrishda fuqarolarning pensiya va yordam pullarini olish, egalik huquqi, vorislik huquqi va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa huquq va manfaatlarining buzilishi aniqlanishi munosabati bilan xususiy ajrim chiqarish borasida oʻzlarining faoliyatlarini jadallashtirishlari zarur. Xususiy ajrim tegishli tashkilot va mansabdor shaxslarga yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kerakli choralarni koʻrish maqsadida yuborilishi lozim.