Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysinuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek kimga boʻysinishidan, kimning tasarrufida boʻlishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradilar.