Prokuratura toʻgʻrisida 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini tayinlash va uning hisobdorligi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 5 yil muddatga tayinlanib, keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigʻidan oʻtadi. U Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oldida hisobdordir. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini qonuniylik va huquq-tartibotning ahvoli toʻgʻrisida muntazam xabardor etib turadi va besh yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga oʻz faoliyati haqida hisobot taqdim etadi.